Adliya organlari va muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi yakunlandi.
Turnirning finalida adliya tizimi doirasida hududiy bosqich o‘yinlaridan saralangan 24 jamoa g‘oliblik uchun bellashdi.
6 tur davom etgan intellektual bellashuvlar yakunida Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin Adliya vazirligi markaziy apparati jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Quyida TDYU jamoasi a’zolari bilan tanishishingiz mumkin:
— Muhammadamin Karimjonov (jamoa sardori);
— Daler Valijonov;
— Aziza Ibragimova;
— Xurshid Botirov;
— Shahriddin Asadov;
— Javohir Eshonqulov.
Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi intellektual bellashuvda muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoamiz a’zolarini samimiy muborakbod etadi.