Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Germaniyada Toshkent davlat yuridik universitetida raqamlashtirish borasida qilinayotgan ishlar haqida taqdimot o‘tkazildi

“Volksvagen Foundation” tomonidan Germaniyaning Gannover shahrida tashkil etilgan nufuzli xalqaro simpozium doirasida o‘tkazilgan taqdimotda TDYU ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Baxshillo Xodjaev xorijiy hamkasblarni universitetimizdagi “Elektron universitet” raqamli ekotizimi bilan tanishtirib, digital.tsul.uz, e-researcher.uz va justy.uz veb-saytlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Universitetimiz tomonidan mazkur yoʻnalishda olib borilgan ishlar xalqaro ilmiy jamoatchilik tomoidan yuqori baholanib, kelgusida raqamlashtirish borasida doimiy tajriba almashishga kelishib olindi.