Xabaringiz bor, Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyi oʻqituvchilari oʻrtasida an’anaviy tarzda “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” tanlovi o‘tkazilmoqda.
Taʼlim muassasalarning oʻqituvchilari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, fan boʻyicha qiziqarli va interfaol metodlarni keng jalb etish, oʻzaro tajriba almashish va ijobiy ish tajribasini ommalashtirish, oʻqituvchilar oʻrtasida shaxsiy imidjni yaratish, malakali oʻqituvchilar zaxirasini yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan tanlovning Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey oʻqituvchilari oʻrtasidagi dastlabki bosqichi 17-yanvarda TDYU 3-bino 221-xonada bo‘lib o‘tadi.
Load More Post...