USAID ko‘magida Toshkent davlat yuridik universiteti, Anqara Yildirim Beyazit universiteti va Turkiya-O‘zbekiston Huquqiy tadqiqotlar markazi hamkorligida tashkil etilayotgan “Xalqaro kiber huquq kuni” doirasida o‘tkazilayotgan anjumanda huquq va raqamlashtirish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, bu yo‘nalishdagi innovatsion ta‘lim va tadqiqot faoliyatining barcha jihatlari, huquq va raqamlashtirish sohasi bo‘yicha tarmoq yaratish va hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinadi.
Konferensiya 20–21-fevral kunlari Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lib o‘tadi.
Unda huquq, IT va ijtimoiy fanlar bo‘yicha tadqiqotchilar o‘z ma‘ruza va maqolalari bilan ishtirok etishi mumkin.
Konferensiyaga taqdim etilgan materiallar ekspertizadan o‘tkaziladi va qabul qilingan maqolalar “Uzbek Law Review” (OAK) va “Cyber Law Review” jurnallarida nashr etiladi. Konferensiya materiallari turk, oʻzbek, ingliz va rus tilida chop etiladi.
Konferensiyada ishtirok etishni istaganlar 18-fevralga qadar ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Anjuman uchun maqolalar topshirish 28-fevralga qadar davom etadi.
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun TDYU “Kiberhuquq” kafedrasi, @Naeemallahrakha telegram manzili yoki naeemallahrakha@tsul.uz elektron manziliga murojaat qiling.
Load More Post...