Toshkent davlat yuridik universiteti “Mehnat huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda notipik mehnat munosabatlarini tartibga solish” mavzusida davra suhbati tashkil etilmoqda.
Italiya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi va milliy ekspertlar, professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan anjumanda milliy va xorijiy qonunlarda notipik mehnat munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha uchrayotgan qator masalalar muhokama qilinadi.
Davra suhbati 22-fevral 18:00 dan boshlab TDYU 3-bino 234-xonada o‘tkaziladi.
Load More Post...