Toshkent davlat yuridik universitetida “Davlatni huquqiy javobgarlikka tortish: Yaponiyadagi davlat kompensatsiya tizimi misolida” mavzusida ochiq ma’ruza tashkil etiladi.
Ma’ruza Nagoya iqtisodiyot universiteti “Huquq” fakulteti professori Akihisa Hagihara tomonidan o‘tkaziladi.
Yapon tilida bo‘lib o‘tadigan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zbek tiliga tarjima qilinadigan ma’ruza 9-mart 10:00 dan boshlab TDYU 3-bino 221-xonada bo‘lib o‘tadi.
Ma’ruzada barcha professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishi mumkin.
Load More Post...