TDYU “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” va “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedralari professor-o'qituvchilari tomonidan olib boradigan kursda quyidagi mavzular o‘tiladi: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning umumiy tushunchasi va bu harakatlar uchun jinoiy javobgarlik, elektron pul va kripto valyutasini chiqarishni huquqiy tartibga solish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning xalqaro va milliy tizimlari.
Bundan tashqari, kurs natijalariga ko'ra, ishtirokchilar moliyaviy xavfsizlik bo'yicha xalqaro olimpiadada ishtirok etish hamda ushbu yo'nalishda Moskva shahrida joylashgan Rossiya xalqlar do'stligi universiteti magistraturasiga kirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Kursda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdAYAeCTImaMkVshUbgvkPaMfpTZN-vBAn7o7ry4-4Q7N14wQ/viewform?usp=sf_link
Batafsil ma’lumot uchun @Hazratali_Qudratillayev telegram manziliga murojaat qiling.
Load More Post...