Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida IT-ta’lim xizmatlarini koʻrsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yoʻnaltirish boʻyicha startap loyihalar” tanlovi e’lon qilindi.
Tanlov yoʻnalishlari:
– Raqamli hokimiyat;
– Aqlli tibbiyot;
– Aqlli transport;
– Aqlli taʼlim;
– Aqlli qishloq xoʻjaligi;
– Aqlli energetika tizimi;
– Aqlli mahalla.
Tanlov talablari:
– tanlovga 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari loyiha topshirishi mumkin;
– loyihani amalga oshirish davomiyligi 1 yildan oshmasligi kerak;
– loyihaning moliyalashtirish hajmi 1 milliard soʻmgacha boʻlishi mumkin.
Loyihalar 2023-yil 16-aprelga qadar qabul qilinadi.
Tanlovga topshiriladigan hujjatlar va tanlovning boshqa shartlari haqida quyidagi havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin: https://mininnovation.uz/ru/contest/post-1171
Mazkur tanlovga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markaziga murojaat qilishi kerak.
Ma’lumot uchun telefon +99899-936-80-00 (Behruz Shamsutdinov).
Telegram manzili: @ferasde