Xabaringiz, 5-may mamlakatimizda “Sayg‘oqlar xalqaro kuni” sifatida belgilangan.
Shu munosabat bilan Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi tomonidan turli targ‘ibot darslari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarda talabalarga sayg‘oqlarning bioxilma-xillikni saqlashdagi o‘rni, ularning “Qizil kitob”ga kiritilish sabablari, sayg‘oqlarni muhofaza qilish yo‘lidagi xalqaro hamkorlik masalalari xususida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, sayg‘oqlar Markaziy Osiyo cho‘l va dasht mintaqalariga xos tur bo‘lib, ularni muhofaza qilish sohasida O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik amalga oshirib kelinmoqda.