Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni TDYUga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, 16-18-sentabr kunlari iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriati sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

Suhbat natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlari 20-sentabr 18:00 dan 21-sentabr 18:00 ga qadar info@tsul.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Shikoyatlari Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 23-sentabr 10:00 dan 18:00 ga qadar ko‘rib chiqiladi.

Abituriyent apellyatsiyani ko‘rib chiqishda ishtirok etishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @Lawyer_Juraev Telegram manziliga yoki +998 71 233 13 95 telefon raqamiga murojaat qiling.