Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirokchilarga mamlakatimizda ekologik barqarorlikni saqlash, yovvoyi tabiatni asrab-avaylash, yovvoyi fauna va flora dunyosi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Targ‘ibot tadbirlari davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Ma’lumot uchun: 2013-yil 20-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi oʻz rezolyutsiyasi bilan keng jamoatchilikning yovvoyi hayvonot va oʻsimlik dunyosi haqida xabardorligini oshirish maqsadida 3-martni — Butunjahon yovvoyi tabiat kuni deb eʼlon qilgan.