15-may 14:00 da boshlanadigan xalqaro tadbirda Qozog‘iston Respublikasining Alikhan Bokeikhan University, Tojikiston milliy universiteti, Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Rossiya oliy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Harbiy sudi, Bosh prokuratura, Harbiy prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Advokatlar Palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi qonun hujjatlari va huquqiy siyosat instituti vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vakilining Bola huquqlari bo‘yicha vakili, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etadi.
Xalqaro konferensiya yakunlari bo‘yicha materiallar to‘plami (tezislar) nashr etilishi rejalashtirilgan. Unda o‘z ilmiy ishlarini chop etishni istaganlar materiallarini Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Sardor Zokirov (s.zokirov@tsul.uz)ga elektron tarzda yuborishi kerak.
Shuningdek, konfersniyada quyidagi ZOOM-link orqali ham ishtirok etish mumkin: https://us06web.zoom.us/j/81450574505?pwd=OcFAB7GsM022tjmzmiVMFKi81E5nmW.1
Konferensiya ID: 814 5057 4505
Kirish kodi: 470456
Load More Post...