Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan muhim sanalar boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar kalendar rejasiga muvofiq 20-mart kuni respublikamizda “Yer kuni” etib belgilangan.
Shu munosabat bilan Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun Ekologiya huquq kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Yer sharini asraylik!” shiori ostida targ‘ibot darslari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarda talabalarga tabiatni asrash, undan oqilona foydalanish, tabiatga zarar yetkazish bilan bog‘liq holatlar uchun javobgarlik masalalari haqida ma’lumot berildi.