University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2023 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

TDYU Xitoyning Sanya universiteti bilan hamkorlik qiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoiy odil sudlov” fakulteti dekani Dildora Kamalova, xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi Muhammad Ali Ramazonov, grantlar bo‘limi xorijiy mutaxassisi Yelena Guseletovadan iborat TDYU delegatsiyasi Xitoyning Xaynan provinsiyasida joylashgan Sanya universiteti (Sanya University)ga tashrif buyurdi.

Ikki oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda Sanya universiteti xalqaro ofisi direktori Jong Yuhong, Huquq maktabi dekani Lyu Yabin, Yuridik boshqarma boshlig‘i Syao Jilin va talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda TDYU va Sanya universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida TDYU va Sanya universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Mazkur memorandumga ko‘ra tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishi rejalashtirilgan:

– hamkorlikda turli ilmiy loyiha va dasturlarni yo‘lga qo‘yish; 
– ilmiy tadqiqotchilarning qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarini tashkil etish;
– ilmiy adabiyotlar, ma’lumotlar va g‘oyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
– o‘quv jarayonini samarali boshqarishni ta’minlash va o‘qitishning innovatsion usullarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash; 
– ikki oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida TDYU va Sanya universitetida yozgi va qishki maktablarni tashkil etish;
– talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish;
– elektron kutubxona imkoniyatlaridan foydalanish uchun sharoit yaratish.

Tashrif davomida TDYU delegatsiyasi Sanya universiteti kampusi va ushbu ta’lim muassasasidagi o‘quv jarayoni bilan tanishdi.

Latest news

All news