Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan yuritilayotgan TOLES markazi intensiv kurslarga qabul boshlangani e’lon qiladi.
Mazkur kurslar ishtirokchilarga akkreditatsiyadan o‘tgan TOLES sertifikati sohibi bo‘lish va yuridik ingliz tili bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Kurs mashg‘ulotlarida ishtirok etishni istaganlar 24-oktabrga qadar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak: https://forms.gle/H32CXX3Hs99SmVjs9