Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) – bu O‘zbekistondagi “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yagona bazaviy oliy ta’lim muassasasidir. Bu sud, prokuratura, advokatura, biznes, yuridik xizmat va xalqaro darajadagi yuristlarni tayyorlaydigan universitetdir.
TDYU 30 yillik tarixga ega bo‘lib, uning bitiruvchilari O‘zbekiston va xorijning nufuzli tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.
TDYU xorijlik talabalarga o‘qishning quyidagi beshta yo‘nalish bo‘yicha o‘qishni taklif etadi:
• “Yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat”
• “Yurisprudensiya: jinoyat-huquqiy faoliyat”
• “Yurisprudensiya: biznes huquqi”
• “Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huqushunoslik”
• “Davlat boshqaruvi”
TDYU xorijlik talabalarga o‘qishning quyidagi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha o‘qishni taklif etadi:
TDYU universitetida talabalarga nufuzli o‘qituvchilar jamoasi ta`lim beradi. Umumiy o‘qituvchilar tarkibining 30 foizi QS va THE xalqaro reyting tashkilotlarida nufuzli xalqaro universitetlarida ta`lim olgan. Universitet professorlarining 40 foizi ilmiy darajaga ega.
TDYU TOP-1000 ga kiradigan universitetlar bilan hamkorlik qiladi. Ta’lim standartlari xalqaro sifat mezonlariga muvofiq keladi va bitiruvchilarga nafaqat O‘zbekistonda, balki chet elda ham o‘z faoliyatini boshlashga imkon beradi.
Universitet to‘lov-kontrakt miqdorini bo‘lib-bo‘lib to‘lashning qulay shartlarini taklif etadi. Shartnoma yilda 2 marta to‘lanadi.
Mamlakatning davlat va nodavlat tashkilotlarida, eng yaxshi yuridik va biznes kompaniyalarida amaliyot o'tash imkoni mavjud
TDYU xorijlik talabalarga qo‘shimcha quyidagi imkoniyatlarni bepul taqdim etadi:
Axborot-resurs markazida 300 mingdan ortiq kitoblar va ularning elektron resursi
Ko‘zi ojiz talabalarga sharoit yaratish maqsadida NVDA dasturi
Westlaw, LexisNexis, Lexis®Library, Springer. Web of Science, Scopus, Polpred.com, EBSCO ma`lumotlar bazasidan foydalanish
Sport musobaqalari
Teatr, kino, madaniy hordiq