Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi

TDYU KASABA UYUSHMASI TOMONIDAN 2023-YILDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR BO‘YICHA AXBOROT⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠

TDYU Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimlarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuzilgan, ustav asosida faoliyat yuritadigan jamoat tashkilotidir. Bugungi kunda universitet Kasaba uyushmasi  “Elektron kasaba uyushmasi” platformasiga o‘tkazildi barcha hujjatlar aylanmasi, murojaatlar, moliyaviy hisobotlar elektron tizimda amalga oshirilmoqda. 

TDYU Kasaba uyushmasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mehnat kodeksi”, “Aholi bandligi to‘g‘risida”, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi, “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim, fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida 2021-2023-yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvlari hamda O‘zbekiston ta’lim, fan xodimlari kasaba uyushmasi Ustavi va boshqa huquqiy xujjatlar asosida yuritadi. Hozirgi kunda kasaba uyushma qo‘mitasi 643 nafar a’zolarini birlashtirgan.

Universitet ma’muriyati bilan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida jamoa a’zolarining mehnatga oid, boshqa ijtimoiy, iqtisodiy huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan Jamoa shartnomasi imzolangan. Ushbu jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi muntazam ravishda nazoratga olingan.

TDYU Kasaba uyushma qo‘mitasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

  • Kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Kasaba uyushma qo‘mitasi  xodimlar nomidan jamoa muzokaralarini olib borishga, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish;
  • Mehnat qonunchiligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
  • Jamoa shartnomalarini tuzish va mehnatni muhofaza qilish  faoliyatida ishtirok etish;
  • Kasaba uyushma a’zolari bilan birgalikda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;
  • Kasaba uyushma a’zolari va ularning farzandlarining sog‘ligini tiklash, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish borasida ishlarni olib borish;
  • Kasaba uyushmasi ijtimoiy va nodavlat tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish va xalqaro aloqalarni o‘rnatish.

TDYU Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi

O‘razaliev Murod Qorayevich 

98-367-78-07

71 233 66 36 (1107)


TDYU Kasaba uyushma qo‘mitasi buxgalteri 

Yusupov Baxtiyor Farxodovich 

99-981-08-26

71 233 66 36 (1107)


TDYU Kasaba uyushma qo‘mitasi ish yurituvchisi 

Nurmirzayev Komil Ulug‘bek ug‘li 

91-361-03-61

71 233 66 36 (1107)