Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan “Street law” loyihasi amalga oshirilmoqda.
“Street law” loyihasi va unga a’zo bo‘lish tartibi haqida yangi volontyorlar va talabalarga ma’lumot berish maqsadida tanishtiruv tadbiri tashkil etilmoqda.
Tadbir 22-oktabr 14:00 da TDYU 3-bino 221-xonada o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun: “Street law” — yuridik oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan maktab o‘quvchilariga volontyorlik asosida kundalik hayotda zarur bo‘lgan huquqiy bilimlarni interaktiv usullar orqali o‘qitishga qaratilgan loyiha.