--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetining zamonaviy kampusiga tamal toshi qo‘yildi


Toshkent shahrida Toshkent davlat yuridik universitetining zamonaviy kampusini barpo etish yo‘lida muhim qadam tashlandi. Universitetning yangi kampusi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov, TDYU rektori, professor Baxshillo Xodjayev, vazir o‘rinbosarlari, universitet mutasaddilari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Mazkur tashabbus mamlakatimizda yuridik ta’lim sifatini tubdan oshirish, xalqaro standartlarga mos zamonaviy ta’lim infratuzilmasini shakllantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish hamda yuqori malakali, raqobatbardosh huquqshunos kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomidir.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar yuridik ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish va universitetning ilmiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Yangi Toshkentda TDYU kampusining barpo etilishi ham ana shu strategik maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan muhim loyihalardan biridir.
Kampus universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, xorijiy professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni jalb etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish hamda ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Tadbir davomida mamlakatimizda yuridik ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani, zamonaviy huquqshunos kadrlarni tayyorlashda sifatli ta’lim bilan bir qatorda ilg‘or infratuzilma va innovatsion akademik muhit ham alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Ayniqsa, bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida huquqshunoslardan nafaqat mustahkam nazariy bilim, balki zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash, murakkab huquqiy muammolarga innovatsion yechim topish, xalqaro huquqiy jarayonlarda faol ishtirok etish kabi kompetensiyalar talab etilmoqda.
Shu nuqtayi nazardan yangi kampus Toshkent davlat yuridik universitetining ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligiga asoslangan zamonaviy universitet sifatidagi salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yangi Toshkentda universitet kampusining tashkil etilishi nafaqat TDYU, balki mamlakatimiz yuridik ta’lim tizimi uchun ham tarixiy ahamiyatga ega. Bu tashabbus kelgusida yangi avlod huquqshunoslarini tayyorlash, xalqaro miqyosda raqobatbardosh ilmiy-ta’lim muhitini yaratish va O‘zbekistonning mintaqaviy yuridik ta’lim markazi sifatidagi mavqeyini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar

Qabul bo'yicha murojaat boti