Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Butunjahon atrof-muhit kuni” munosabati bilan targ‘ibot darslari o‘tkazildi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan muhim sanalar boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar kalendar rejasiga muvofiq, 5-iyun mamlakatimizda “Butunjahon atrof-muhit kuni” sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi tomonidan targ‘ibot darslari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarda talabalarga tabiatni asrash, undan oqilona foydalanish, tabiatga zarar yetkazish bilan bog‘liq holatlar uchun javobgarlik masalalari, mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash, ekologik muammolarga o‘z vaqtida e’tibor qaratish va ularning yechimlarini topish borasida amalga oshirilaytgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar