Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU birinchi prorektori va dekani deputatlikka saylandi

Xabaringiz bor, 27-oktabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar, tuman va shahar kengashlariga saylovlar o‘tkazildi.

Mazkur saylovlar yakunlariga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani Dildora Kamalova Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, TDYU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ahrorxon Hoshimxonov Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga deputatlikka saylandi.

Ma’lumot uchun: Dildora Kamalova O‘zbekiston Ekologik partiyasidan, Ahrorxon Hoshimxonovdan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan edi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar