Toshkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti Biznes huquqi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjumanda mamlakatimizdagi yetakchi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari, xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Qarshi xalqaro universiteti, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, ISFT universiteti, TDYU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Konferensiyada mamlakatimizda elektron tijoratning huquqiy jihatlari, xususan, elektron tijorat subyektlari, elektron tijoratda to‘lov tartibi va kriptovalyutalarni joriy qilish tendensiyalari hamda boshqa huquqiy masalalar muhokama qilindi.