Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetida “O‘zbekiston va JST: savdo siyosatining kelajagini shakllantirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida TDYU Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjumanda milliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Glazgo universiteti (Buyuk Britaniya), Nagoya iqtisodiyot universiteti (Yaponiya), Yokogama milliy universiteti (Yaponiya) va Liverpul universiteti (Buyuk Britaniya) professor-o‘qituvchilari, San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan O‘zbekiston uchun Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish yo‘lidagi asosiy muammolar va imkoniyatlar, shuningdek, mamlakat qonunchiligi va iqtisodiy siyosatini xalqaro standartlarga moslashtirish yo‘llari muhokama qilindi.

Anjumanda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi barqaror iqtisodiy o‘sish va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim ekanim milliy savdo tizimini modernizatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Konferensiya yakunida materiallar to‘plamini nashr etish rejalashtirilgan. To‘plamda o‘z ishlari (maqolalari)ni chop etishni istaganlar materiallarini 20-sentabrga qadar Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi Shohruxbek Tillaboyev (https://t.me/Shohruh_TM Telegram manzili)ga yuborishi kerak.

Hodisalar

Barcha e'lonlar