Turkiyaning Istanbul shahrida “TAA Arbitration Academy 2024” loyihasi doirasida Turkiya arbitraj assotsiatsiyasi tomonidan xalqaro tijorat arbitraji bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Turli mamlakat oliy ta’lim muassasalari, xususan, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari ishtirok etgan mashg‘ulotlarda arbitraj shartnomasi, arbitraj jarayonining bosqichlari, qurilish nizolarida arbitraj, karyera va xalqaro arbitrajda “soft skills”, ya’ni yumshoq ko‘nikmalarning ahamiyati va boshqa mavzular muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari bir qator yetakchi advokatlik firmalari va arbitraj markazlariga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ldi.