2024–2025-o‘quv yili kuzgi semestri uchun mo‘ljallangan dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan o‘rtacha GPA kamida 70% bo‘lishi va ingliz tilini bilishi talab qilinadi.
Xorijiy universitetda akademik mobillik dasturi doirasida o‘qishni istagan talabalar 1-iyulga qadar quyidagi hujjatlarni fakultet dekanatlariga taqdim etishi kerak:
1. Akademik transkript nusxasi;
2. Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
3. Ingliz tilini bilish sertifikati;
4. Qo‘shimcha aktivligi to‘g‘risidagi sertifikatlar.
Ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Load More Post...