Toshkent davlat yuridik universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Baxshillo Xodjaev Italiyadagi xizmat safari doirasida Rim shahrida joylashgan va dunyoning TOP-1000 nufuzli universitetlari qatoridan o‘rin olgan Roma Tre universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mazkur universitet rahbariyati va professor-oʻqituvchilari hamda TDYU delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda hamkorlikda “Law and Technology” yoʻnalishida magistrlik dasturini tashkil etish, akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etayotgan talabalar sonini kengaytirish, professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, “Kiber makonning huquqiy landshaftini o‘rganish” mavzusidagi yozgi maktabni joriy yilning 24—28-iyun kunlari TDYUda oʻtkazish boʻyicha muzokaralar o‘tkazilib, muhokama qilingan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Shu bilan birga, TDYU delegatsiyasi Roma Tre universitetida akademik almashinuv doirasida oʻqiyotgan universitetimiz talabalari bilan uchrashib, ularning almashinuv dasturi doirasida olgan ijobiy tajribasini Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatiga joriy etish boʻyicha fikr almashildi.
Load More Post...