Toshkent davlat yuridik universitetini transformatsiya qilish jarayonini jadallashtirish maqsadida bir qancha yo‘nalishlarda ko‘maklashuvchi guruhlar tuzilmoqda. Mazkur guruhlarga a’zo bo‘lgan va tegishli yo‘nalishlarda mehnat qiluvchi professor-o‘qituvchilar o‘rnatilgan tartibda moddiy rag‘batlantirib boriladi.
Transformatsiya qilishga ko‘maklashuvchi guruhlarga a’zolikka quyidagi professor-o‘qituvchilar taklif etiladi:
— rivojlangan xorijiy mamlakatda tahsil olgan (malaka oshirgan) va ingliz tilini yaxshi biladigan;
— universitetda kamida 3 yillik mehnat stajiga ega, tahlil etish qobiliyati yuqori hamda ingliz tilini biladigan;
— universitetda ish stajidan qat’i nazar o‘zini yangilikka intiluvchi, yangilikni tadqiq qilish va mavjud tizimga alternativ takliflar berishni istaydigan.
Yuqoridagi talablarga mos professor-o‘qituvchilar guruhlarga a’zo bo‘lish uchun quyidagi link orqali ariza to‘ldirishi kerak: https://forms.gle/hqbdKGyGZXP5H7i89
Batafsil ma’lumot uchun TDYU Transformatsiya bo‘limi boshlig‘i Botirjon Qosimovga murojaat qiling.
Elektron pochta: kosimov.botirjon87@gmail.com
Load More Post...