Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi” tasdiqlangan.
Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi tomonidan mazkur dasturning 16-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Inson huquqlari umumjahon dеklaratsiyasining Yangi O‘zbеkistonning konstitutsiyaviy islohotlaridagi o‘rni: Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi tajribasi” mavzusida xalqaro davra suhbati tashkil etilmoqda.
21-iyun 14:00 dan boshlab TDYU 1-bino kengashlar xonasida gibrid formatda o‘tkaziladigan anjumanda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari, TDYU, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, London Brunel universiteti (Buyuk Britaniya), Akademik Y.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda Universiteti, Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etadi.
Anjumanda quyidagi ZOOM link orqali ham ishtirok etish mumkin: https://us06web.zoom.us/j/85658451690?pwd=a3hadjFudmVYS1h6SDRFdUd5eUhOZz09
ID: 856 5845 1690 Kod: 695701
Davra suhbati yakunida materiallar to‘plami (tezislar) nashr etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu to‘plamda ilmiy materiallarini chop etishni istaganlar maqola va tezislarini “Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi” o‘qituvchisi Shohruxbek Tillaboyev (@Shohruh_TM telegram manziliga) yuborishi mumkin. Ilmiy materiallar 23-iyunga qadar qabul qilinadi.