Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi tomonidan “IBA-VIAC CDR Competition — 2023”da ishtirok etuvchi universitet jamoasi uchun qabul e’lon qilindi.
Vena xalqaro arbitraj markazi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro tanlov joriy yilning 8–17-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro tanlovda ishtirok etishni istagan talabalarning ingliz tilini bilish darajasi kamida IELTS 7 ball bo‘lishi kerak.
Tanlovda ishtirok etishni istaganlar 25-fevral 23:59 ga qadar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeJuO8_nehQL-yCDGB7eqlgxzZU9pf_foS7DX5_yTRte3oCOg/viewform
Tanlovga quyidagi jamoalar ariza topshirishi mumkin:
1. Muzokarachilar jamoasi;
2. Mediatorlar jamoasi;
3. Muzokarachi va mediatorlar jamoalari.
“IBA-VIAC CDR Competition — 2023”da ishtirok etish uchun jamoalardan quyidagilar talab etiladi:
1. Har bir jamoa tomonidan qisqa video tayyorlanadi.
2. Har bir jamoa tomonidan mediatorlar yoki muzokarachilar jamoasining ariza shakli (kerak bo‘lganda) to‘ldiriladi.
3. Har bir jamoaning mediatorlar yoki muzokarachilar jamoasining ariza shakli (kerak bo‘lganda) ushbu jamoalarning qisqa videosi bilan birga taqdim etiladi.
Muzokarachilar va mediatorlar jamoalarining arizalari alohida-alohida qabul qilinadi.
Muzokarachilar jamoasi uchun qo‘yilgan talablar:
1. Har bir universitet faqat bitta jamoa uchun ariza topshirishi mumkin;
2. Jamoa 2–4 nafar talabadan iborat bo‘lishi kerak;
3. Jamoaning kamida bir talabasi tanlovda maslahatchi rolini o‘ynash uchun huquqshunoslik yo‘nalishida kunduzgi yoki sirtqi ta’lim bosqichida tahsil olayotgan bo‘lishi kerak;
4. Jamoalar kamida bitta va ko‘pi bilan ikkita murabbiyni taklif qilishi lozim.
Mediatorlar jamoalari uchun qo‘yilgan talablar:
1. Har bir universitet faqat bitta jamoa uchun ariza topshirishi mumkin;
2. Jamoa 2–4 nafar talabadan iborat bo‘lishi kerak;
3. Jamoalar kamida bitta va ko‘pi bilan ikkita murabbiyni taklif qilishi lozim.
Batafsil ma’lumot uchun TDYU Yuridik klinikasiga murojaat qiling.