Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Moliyaviy xavfsizlik” maxsus kursiga qabul davom etmoqda

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” va “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedralari tashabbusi bilan “Moliyaviy xavfsizlik” maxsus kursi tashkil etilmoqda.

Kafedralarning professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan kurs mashg‘ulotlarida ishtirokchilarga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning umumiy tushunchasi va bu harakatlar uchun jinoiy javobgarlik, elektron pul va kriptovalyuta chiqarishni huquqiy tartibga solish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning xalqaro va milliy tizimlari haqida ma’lumot beriladi.

Maxsus kursda ishtirok etishni istaganlar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim: https://bit.ly/3MyQe71

Batafsil ma’lumot uchun @Hazratali_Qudratillayev telegram manziliga murojaat qiling.