Xabaringiz bor, “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga kirish imtihonlarisiz, suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.
Mazkur nizom talablaridan kelib chiqib, 2022-yilning 12–14-oktabr kunlari abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazilgan hamda suhbatdan muvaffaqqiyatli o‘tgan abituriyentlar bugungi kunda TDYU sirtqi ta’lim shakli 1-bosqichida tahsil olmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli xatiga asosan ro‘yxati taqdim etilgan abituriyentlar bilan qo‘shimcha suhbat va nizomning 11-bandiga asosan uzrli sababga ko‘ra suhbatga kelmagan abituriyent bilan takroriy suhbat oʻtkaziladi.
Quyidagi jadval orqali suhbat oʻtkaziladigan vaqt haqida batafsil ma’lumot olish mumkin. Jadvaldagi abituriyentlar belgilangan vaqtda TDYU 1-binosiga yetib kelishi kerak.
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan, Toshkent davlat yuridik universiteti sirtqi ta’lim shakliga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish uchun 13-martda boʻlib oʻtadigan suhbatda ishtirok etadigan abituriyentlar uchun suhbat oʻtkazish jadvali
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan, Toshkent davlat yuridik universiteti sirtqi ta’lim shakliga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish uchun 13-martda boʻlib oʻtadigan takroriy suhbatda ishtirok etadigan abituriyent uchun suhbat o’tkazish jadvali