--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Huquq va texnologiyalar sho‘basi

Shior: “Kuch — adolatda”

Maqsad

Huquq va texnologiyalar sho‘basining asosiy maqsadi raqamli makonning huquqiy jihatlarini o‘rganish, tadqiq etish va o‘qitishdan iborat. Raqamli transformatsiya jarayonlari jadallashib borayotgan hozirgi davrda sho‘ba raqamli asrning murakkab huquqiy muammolarini hal qilishga qodir bo‘lgan bo‘lajak huquqshunoslar, qaror qabul qiluvchilar va olimlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi.

Sho‘baning akademik va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, kiberxavfsizlik huquqi, raqamli tergov, sun’iy intellektni tartibga solish, elektron tijorat, raqamli erkinliklar hamda kiberjinoyatlarni huquqiy tartibga solish kabi dolzarb sohalarni qamrab oladi.

Huquqshunoslikni texnologiya va etika bilan uyg‘unlashtirish orqali talabalarda zamonaviy raqamli muhitda yuzaga keladigan huquqiy muammolarni samarali hal etish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Vazifalar

·         Raqamli makonda huquqiy tartibga solish sohasida rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish;

·         talabalarda o‘rganilayotgan fanlar doirasida qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

·         raqamli huquq normalarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;

·         talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

·         ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash.

O‘qitiladigan fanlar

1.      Legal Tech

2.      Kiber huquq

3.      Raqamli texnologiyalar va elektron hukumat

4.      Kiberetika

5.      Raqamli muhitda inson huquqlari va ijtimoiy tarmoqlarda etika

6.      Global o‘zgarishlar sharoitida davlat va huquqning zamonaviy o‘zgarishi I

7.      Global o‘zgarishlar sharoitida davlat va huquqning zamonaviy o‘zgarishi II

8.      Sun’iy intellekt, robototexnika va huquq

9.      Yevropa Ittifoqi elektron hukumatining huquqiy asoslari

10.  Yevropa Ittifoqining zamonaviy xususiy huquqi: umumiy qism

11.  Yevropa Ittifoqining zamonaviy xususiy huquqi: maxsus qism

12.  Kiberjinoyat huquqi

13.  Xalqaro kiberxavfsizlik huquqi va boshqaruvi

14.  Xalqaro elektron odil sudlov va raqamli sud jarayonlari

15.  Elektron boshqaruv

16.  Introduction to Cyber Law and Digital Regulation

17.  Intellectual Property in the Digital Age

18.  Cyber Crime and Cyber Technology

19.  Human Rights in Cyberspace

20.  Digital Constitutionalism and Taxation of E-Commerce

21.  Tadqiqot metodologiyasi va huquqiy texnologiyalar

22.  FinTechning xalqaro huquqiy asoslari

23.  Raqamli asrda intellektual mulk

24.  Kibermakonda inson huquqlari va ijtimoiy tarmoqlarda etika

25.  Xalqaro elektron sudlov va raqamli sud jarayonlari

26.  Raqamli boshqaruv va davlat boshqaruvi huquqi

27.  Raqamli muhitda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish

28.  Kiberxavfsizlik siyosati va uni tartibga solish strategiyasi

29.  Raqamli sug‘urta huquqi

Dasturlar va loyihalar

Sho‘baning o‘quv dasturlari zamonaviy huquqiy bilimlarni raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirishga, talabalarda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham rivojlantirishga qaratilgan.

Dastur doirasida Legal Tech asoslari, kiber huquq, raqamli texnologiyalar va elektron boshqaruv kabi fundamental yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlar beriladi. Shuningdek, sun’iy intellekt, robototexnika va huquq, kiberjinoyat huquqi, xalqaro kiberxavfsizlik huquqi kabi fanlar orqali talabalar zamonaviy huquqiy muammolarni chuqur tahlil qilishga o‘rgatiladi.

Ta’lim jarayonida inson huquqlari, axloqiy me’yorlar va ijtimoiy tarmoqlardagi xulq-atvor masalalariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Bu talabalarning nafaqat malakali mutaxassis, balki mas’uliyatli raqamli jamiyat a’zosi sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.

Tadqiqot metodologiyasi, huquqiy texnologiyalar va FinTech yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar talabalarning ilmiy izlanish olib borish, ma’lumotlarni tahlil qilish va innovatsion yechimlar ishlab chiqish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

O‘quv jarayonida amaliy mashg‘ulotlar, jumladan, muammoli vaziyatlar tahlili (case study), sud jarayonlari simulyatsiyasi (moot court), Legal Tech laboratoriyalari va startap loyihalaridan foydalaniladi. Talabalar real huquqiy muammolar ustida ishlash, xorijiy huquqiy tizimlarni qiyosiy o‘rganish hamda xalqaro tajribani o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mazkur dasturlar natijasida raqamli iqtisodiyot sharoitida faoliyat yurita oladigan, innovatsion fikrlaydigan va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh huquqshunoslarni tayyorlash maqsad qilingan.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi

Sho‘baning professor-o‘qituvchilari kasbiy va ilmiy salohiyatini muntazam oshirib borish, xorijiy hamkasblar bilan tajriba almashish hamda zamonaviy ta’lim va ilmiy tadqiqot usullarini o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratadi.

Bugungi kunda sho‘bada 2 nafar professor, 3 nafar dotsent, 5 nafar katta o‘qituvchi va 16 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

 

Qabul bo'yicha murojaat boti