University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2024 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha komissiyasi (UNCITRAL)ning Uchinchi Ishchi guruhi yig‘ilishida ishtirok etdi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b., yuridik fanlari doktori, professor Islambek Rustambekov boshchiligidagi Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya davlatlar va investorlar oʻrtasidagi nizolarni hal etish tizimini isloh qilish masalalarini muhokama qilishda faol ishtirok etdi.

Shuningdek, delegatsiya UNCITRAL, Vena universiteti, Vena xalqaro arbitraj markazi va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan uchrashdi.

Tashrif doirasida TDYU doktorantlari va professor-o‘qituvchilarini UNCITRAL kutubxonasiga ilmiy tadqiqot o‘tkazish uchun yuborish, UNCITRAL mutaxassislari bilan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazish, TDYU bitiruvchilarini Vena universiteti magistraturasiga yuborish, shuningdek, boshqa xalqaro tashkilotlar bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun: Oʻzbekiston mas'ul vazirliklari vakillarining mazkur tadbirdagi ishtiroki USAIDning huquqiy islohotlar dasturi koʻmagida tashkil etildi.

Announces

All announcements