University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2024 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir va loyihalar, mahorat va sayyor darslar dayjesti

Shuhrat Fayziyev O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv-seminarda ishtirok etdi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida “Referendum jarayonlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlashda kuzatuvchilarning o‘rni va ahamiyati” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Anjumanda partiyaning joylardagi tuman (shahar) partiya tashkiloti raislari, viloyat xodimlari va kuzatuvchilar ishtirok etdi.

Seminarda ishtirokchilarga Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik fanlar doktori, professor Shuxrat Fayziev tomonidan referendumga oid qonunchilikning asosiy mazmun-mohiyati, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari, referendum jarayonlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlashda kuzatuvchilarning tutgan o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Oliy Majlis Senatida tadbir oʻtkazildi

TDYU “Umumtaʼlim fanlar va madaniyat” kafedrasi professori v.b. M.Yunusova va “Davlat boshqaruvi” kafedrasi oʻqituvchisi N.Toʻxtasinov tashabbusi bilan Oliy Majlis Senatida universitet talabalari uchun “Yangilanayotgan Konstitutsiya demokratik rivojlanishning muhim huquqiy poydevoridir” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Nariman Umarov yangilanayotgan Konstitutsiyadagi qoʻshimcha va oʻzgarishlari haqida ma’lumot berdi.

Yangilanayotgan Konstitutsiya, mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi alohida ta’kidlandi.

Konstitutsiya – taraqqiyotimiz kafolati

TDYU “Umumtaʼlim fanlar va madaniyat” kafedrasi professor-oʻqituvchilari M.S.Yunusova va D.Jumaniyazova “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakultetida o‘tkazilgan “Konstitutsiya – taraqqiyotimiz kafolati” mavzusidagi tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi qoʻshimcha va oʻzgarishlarini yoritib berildi.

M.Yunusova oʻz maʼruzasida soʻz va eʼtiqod erkinligi, axborotni izlash, olish va tarqatish huquqi, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish haqidagi normalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuhrat Fayziyev OʻzLiDeP kuzatuvchilari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarda ma’ruza qildi

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish jarayonida ishtirok etadigan OʻzLiDeP kuzatuvchilari uchun 5 kunlik oʻquv-seminari tashkil etildi.

Seminarda Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari, soha mutaxassislari, Qonunchilik palatasi deputatlari, shu jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Shuhrat Fayziyev ham ma’ruza qildi.


Muvaffaqiyatli CV yaratishishda professional usullar

TDYU talabalari uchun shu mavzuda onlayn vebinar tashkil etildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan mashg‘ulotni Chexiyaning Charles Universiteti professor-o ‘qituvchisi Anna Jordanova olib bordi.

Vebinar universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


TDYUda “Scopus va Web of Science asoslari va o‘z-o‘zini nashr etish muammolari” mavzusida vebinar tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan vebinarda Qozog‘istonning “Scientific Publications” xalqaro kompaniyasi mutaxassislari ham ishtirok etdi.

Ilmiy-metrik sohasidagi bilimlarni yuksaltirish, universitetining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

1) Scopus ma‘lumotlar bazasi: uning xususiyatlari va asosiy ko‘rsatkichlari;
2) Web of Science ning ishlash tamoyillari. Web of Science Core Collection ilmiy-metrik ma’lumotlar bazasining yadrosi sifatida;
3) Scopus va Web of Science ma'lumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda nashr etishni rejalashtirishda olimlar duch kelishi mumkin bo‘lgan asosiy muammolar;
4) O‘z-o‘zini nashr qilish masalasi.

Vebinarda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Announces

All announcements