Alisher Jo‘rayev “Konstitutsiya — milliy mustaqillik va demokratik taraqqiyotining huquqiy poydevori” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi
“8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bilan hamkorlikda “Konstitutsiya — milliy mustaqillik va demokratik taraqqiyotining huquqiy poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Alisher Jo‘rayev ishtirok etib, davra suhbati ishtirokchilariga Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi.