Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Mehr ko‘zda” bilan hamkorlik masalalari kelishib olindi

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi volontyor talabalari “Mehr ko‘zda” NNTga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida ijtimoiy va innovatsiyalar asosida nutq va eshitish qobiliyati cheklangan shaxslarga yuridik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan mazkur markaz faoliyati, bu yerda bepul yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar xususida ma’lumot berildi.

Ochiq va samimiy muloqot chog‘ida Yuridik klinika va markaz o‘rtasida hamkorlik masalalari kelishib olindi. 

Shuningdek, talabalar “Mehr ko‘zda” NNT faoliyati toʻgʻrisidagi o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar