Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Hujjatlar rо‘yxati va topshirish muddati

Toshkent davlat yuridik universitetiga о‘qishga kirish uchun abituriyentlar doimiy (vaqtincha) rо‘yxatda turgan joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi veb-saytiga quyidagi hujjatlarni yuklaydi:

1) fuqarolik pasporti yoki ichki ishlar bо‘limlari tomonidan berilgan 09-shakl bо‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami kо‘rsatilgan ma’lumotnoma;

2) pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik tо‘g‘risidagi guvohnoma;

3) umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan) ma’lumotlari (avtomatik tarzda chiqadi);

4) О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bо‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat;

5) test sinovlari tashkil etilayotgan о‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (nogironligi bо‘lgan yoki tо‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida tо‘lovni amalga oshirganligi tо‘g‘risida tо‘lov varaqasi (kvitansiya).

Abituriyentlarni rо‘yxatdan о‘tkazish my.uzbmb.uz  sayti orqali 5-iyundan 
25-iyungacha (shu kuni ham) bо‘lgan muddatda amalga oshiriladi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududi tanlanadi.