1.Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish (davlat va jamiyat qurilishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, shuningdek, ijtimoiy soha va boshqa sohalardagi islohotlar haqida tasavvur va fikrlash qobiliyatining mavjudligi)
2.Ixtisoslikni tanlashda motivatsiya (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish bildirish)
3.Shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari)
4.Yurisprudensiya sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi (professional ta’limi darajasida yurisprudensiya sohasida o‘z fikrini bayon qilish va tahlil qilish ko‘nikmalarining mavjudligi)