Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU “Konstitutsiya – inson qadr-qimmatini ta’minlashning mustahkam kafolati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi


Anjumanda milliy qonunchilik va xalqaro huquq sohasining yetuk mutaxassislari, jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti, Davlat boshqaruvi akademiyasi professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas’ul xodimlari, doktorantlar va talabalari ishtirok etdi.

Ilmiy-amaliy konferensiya davomida soha mutaxassislarining mavzuga doir ma’ruzalari tinglandi.

Konferensiya davomida Bosh qomusimizning yaratilish tarixi, buguni va kelajagi, kiritilgan o‘zgartishlar va ularning mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritildi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Konstitutsiyasining g‘oya va normalari xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosini o‘zida aks ettiradi. 
Shuningdek, Bosh qomusimiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining umume’tirof etilgan normalarini, dunyonining rivojlangan demokratik davlatlarida sinovdan o‘tgan konstitutsiyaviy qurilish sohasidagi ilg‘or tajribalarni hamda inson huquq va manfaatlari, erkinligini ta’minlash borasida boshqa xalqaro hujjatlarda keltirilgan normalarni o‘zida mujassamlashtirgan.

Konstitutsiyamizning qabul qilinishi bilan mamlakatimizda ijtimoiy va davlat qurilishining barcha jabhalaridagi munosabatlar, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy tizim yaratildi.

Ilmiy-amaliy anjumanda raqamli huquqni shakllantirish sharoitida konstitutsiyaviy huquqning dolzarb muammolari, yangi O‘zbekiston huquqiy islohotlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ahamiyati, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni ta’minlashda prokuratura organlarining rolini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda ishtirokchilar tomonidan yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy huquqlarni ta’minlash masalalarini yanada takomillashtirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.