Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetida moliyaviy xavfsizlik kurslari tashkil etiladi

Kurs mashgʻulotlari TDYU “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Jinoyat-protsessual huquqi” va “Konstitutsiyaviy huquq” kafedralari professor-oʻqituvchilari tomonidan olib boriladi.

Mashgʻulotlar davomida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning umumiy tushunchasi, xalqaro va milliy tizimlari hamda bu harakatlar uchun jinoiy javobgarlik, elektron pul va kripto-valyuta chiqarishni huquqiy tartibga solish haqida maʼlumot beriladi.

Kurs yakuniga koʻra, ishtirokchilar moliyaviy xavfsizlik boʻyicha xalqaro olimpiadada ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

Moliyaviy xavfsizlik kurslarida ishtirok etishni istaganlar quyidagi link orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin: https://docs.google.com/forms/d/13DIWDq9mBlrwu7cEIifrJQfW3cF9rGpwPUPjCbtNtWI/edit