Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Serikbek Muratayev 21-xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash konferensiyasida ishtirok etmoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi Serikbek Muratayev korrupsiyaga qarshi kurashuvchi nufuzli xalqaro nodavlat va notijorat tashkiloti Transparency International tomonidan tashkil etilgan «21st International Anti-Corruption Conference» (21-xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash konferensiyasi)da ishtirok etmoqda.

Nufuzli anjumanda jahonning 100 dan oshiq davlatidan 2000 nafardan ziyod davlat organlari, nohukumat tashkilotlari, ilm-fan va tadbirkorlar subyektlari vakillari o‘zlarining sohaviy tajribalarini almashmoqda.

Konferensiya davomida S.Muratayev ko‘plab xorijiy oliy ta’lim muassalari vakillari, jumladan, Amerika xalqaro xizmatlar universiteti doktori Djeffri Xellok, Litva Respublikasining Kaunas texnologiyalar universiteti Davlat siyosati va halollik fakulteti dekani o‘rinbosari professor Egle Vaydelite hamda Tayland universiteti Huquq fakulteti dekani professor Vika Makaxun bilan uchrashdi.