Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda mini-futbol bo‘yicha “Dekan kubogi” o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti tashabbusi bilan sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada 1-3-bosqichda ta’lim olayotgan yigitlardan iborat 46 ta jamoa ishtirok etdi.

Qizg‘in va murosasiz bellashuvlar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o‘rin — 3-bosqich “A” potok 3-guruh;
2-o‘rin — 2-bosqich “B” potok 3-guruh;
3-o‘rin — 1-bosqich “A” potok 1-guruh.

Shuningdek, kubok bahslarida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi:

“Eng yaxshi muxlislar jamoasi” — 2-bosqich “B” potok 1-guruh (rus);
“Eng yaxshi jamoa” — 3-bosqich “V” potok 2-guruh.

Bundan tashqari, ishtirokchilar “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng yaxshi hujumchi” va “Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyalari bo‘yicha ham taqdirlandi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari diplom, medal, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.