Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Al-Farabiy nomidagi Qozoq davlat milliy universiteti o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professor-o‘qituvchilari Al-Farabiy nomidagi Qozoq davlat milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mazkur universitetning Yuridik fakulteti va Xalqaro fakultet dekanlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda ishtirokchilar bakalavriat va magistratura dasturlarini tashkil etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, turli ilmiy ishlarni chop etish, hamkorlikda professor-o‘qituvchilarning ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etishini ta’minlash masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, TDYU professor-o‘qituvchilari Al-Farabiy nomidagi Qozoq davlat milliy universitetining Yuridik fakulteti talabalari uchun ma’ruza qildi.