Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o‘zlarining nazariy va amaliy bilimlarini yanada oshirishi uchun Germaniyaning oliy ta’lim muassasalarida 10-kunlik stajirovka dasturida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Stajirovka dasturida bakalavriyatning 1–4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.
Stajirovka dasturida ishtirok etishni istagan talabalar 31-yanvar 15:00 gacha quyidagi hujjatlarni international.tsul@gmail.com elektron manzilga taqdim etishi kerak:
1. Talabaning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari;
2. Jamoat va boshqa ishlarda faolligi hamda shaxsiy yutuqlarining mavjudligi (diplom va sertifikatlar orqali aniqlanadi);
3. Nemis tilini kamida B2 darajada bilish to‘g‘risida sertifikat.
Agar talabgorlarning nemis tilini bilish to‘g‘risidagi xalqaro va milliy sertifikati mavjud bo‘lmasa, bunda ularning nemis tilini bilish darajasini aniqlash uchun “Xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan tegishli imtihon o‘tkaziladi.
+998 88 109 45 54
Load More Post...