Toshkent davlat yuridik universiteti TOLES markazi tomonidan huquqshunoslar va huquqshunos talabalarni TOLES imtihonlariga tayyorlash, sohaviy ingliz tilini bilish darajasini aniqlash va bu boradagi ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida qisqa muddatli intensiv kurslar tashkil etilmoqda.
Yuridik ingliz tilining eng muhim jihatlarini qamrab olgan kursda ishtirok etishni istaganlar 4-martga qadar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak: https://forms.gle/7sFbCURTKosJwSYT6
Batafsil ma’lumot uchun TDYU “Xorijiy tillar” kafedrasiga murojaat qiling.
Ma’lumot uchun: Test of Legal English (TOLES) xalqaro huquqshunoslar va huquqshunoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun huquqiy ingliz tilini bilish darajasini aniqlashga moʻljallangan imtihondir.
Load More Post...