Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 80 foizdan kam bo‘lmasligi talab etiladi.
Akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar 20-aprelga qadar dekanatlarga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
– Akademik transkript nusxasi;
– Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
– Yapon yoki ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat;
Ingliz tili:
- TOEFL iBT 80 yoki undan yuqori;
- IELTS 6.0 yoki undan yuqori;
- TOEIC 750 yoki undan yuqori;
- Cambridge CAE yoki CPE B2 yoki undan yuqori;
Yapon tili:
- JLPT N2.
- Boshqa sertifikatlar.
Loyiha bir (2023-yil 1-oktabrdan 2024-yil 31-martga qadar) yoki 2 semestr (2023-yil 1-oktabrdan 2024-yil 30-sentabrga qadar) xorijiy hamkor universitetda o‘qish imkonini beradi. Talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.
Load More Post...