Doston Aliboyev soliq xizmati xodimlari uchun tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi
Toshkent shahar soliq boshqarmasining shaxsiy tarkib xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Toshkent shahar soliq boshqarmasining Yuridik sho‘basi tomonidan “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida o‘tkazilagan seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Dostonbek Aliboyev qatnashib, ishtirokchilarga “Saylov kodeksi”ga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.