Muhammadamin Karimjonov Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablari huquq fani o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan o‘quv seminarida ishtirok etdi
Qo‘qon universitetida Dang‘ara, Furqat, Uchko‘prik tumanlari hamda Qo‘qon shahrida joylashgan umumta’lim maktablarining huquq fani o‘qituvchilari, shuningdek, kadrlar bo‘limi xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov tomonidan huquq fanini o‘qitishdagi zamonaviy tendensiyalar, mehnat huquqi fanidagi muhim atamalar va mehnat qonunchiligidagi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi.