Muhammadamin Karimjonov Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov ishtirok etib, litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, asosiy qonunimizda aks etgan normalar, shuningdek, mehnat qonunchiligidagi yangiliklar, xodimlarning huquq va majburiyatlari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.