Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Mamurjon Qo‘chqorov va Minovvarxon Yunusovaning hammualliflikdagi maqolasi “Scopus” ma’lumotlar bazasida indeksatsiya bo‘ldi

Toshkent davlat yuridik universiteti Umumtaʼlim fanlar va madaniyat kafedrasi professor-o‘qituvchilari Mamurjon Qo‘chqorov va Minovvarxon Yunusovaning hammualliflikdagi “Algorithms and Software for Speech Processing in Telecommunication” nomli konferensiya to‘plamidagi maqolasi “Scopus” ma’lumotlar bazasida indeksatsiya bo‘ldi.

Ushbu maqolada ovozli signallarni qayta ishlashda toʻlqinli oʻzgarishlar audio signallarni past va yuqori chastotali komponentlarga ajratish imkonini berishi, bu esa maʼlumotlarni siqish, shovqinni kamaytirish va tarmoqlar orqali samarali uzatish kabi vazifalarni bajarishga yordam berishi haqida ma’lumot berilgan.

Shuningdek, unda HAAR toʻlqinining audio signallarni qayta ishlashda qoʻllanilishi, ayniqsa, uni siqilmagan audio maʼlumotlar uchun keng qoʻllaniladigan WAV fayl formatida amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Ushbu usul axborot almashinuvida maʼlumotlarni siqishda va qayta ishlashda natijalarni yaxshilashga koʻmaklashadi.

Bundan tashqari, maqolada talabalarning zamonaviy raqamli usullarni qoʻllash metodikasi ishlab chiqish xususida ham to‘xtalib o‘tilgan.

Maqola bilan tanishish… (https://www.scopus.com/pages/publications/105011941753)

Hodisalar

Barcha e'lonlar